-
Leer por capítulos:
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150
-
|Salmos 96:1|Egamiz shohdir, zamin quvonsin,Dengiz ortidagi hamma yurtlar shod bo‘lsin.
-
-
-
|Salmos 96:2|Bulutlar, zim–ziyo zulmat Uning atrofini o‘ragan, Adolatu haqiqat Uning taxtiga poydevor bo‘lgan.
-
-
-
|Salmos 96:3|Egamiz olovini O‘zidan oldin yuboradi,Olovi har tarafdagi dushmanlarni yutadi.
-
-
-
|Salmos 96:4|Chaqmoqlari olamni yoritadi, Zamin buni ko‘rib titraydi.
-
-
-
|Salmos 96:5|Butun olamning Rabbiysi oldida,Egamiz oldida tog‘lar mumday eriydi.
-
-
-
|Salmos 96:6|Samolar e’lon qiladi Uning adolatini, Jamiki xalqlar ko‘radi Uning ulug‘vorligini.
-
-
-
|Salmos 96:7|Butlarga sajda qiluvchilar, Behuda sanamlari ila maqtanuvchilar Sharmanda bo‘ladi. Barcha xudolar Egamizga ta’zim qiladi.
-
-
-
|Salmos 96:8|Ey Egam! Sening adolatingdan Yahudo shaharlari shod bo‘ladi,Quddus 1 eshitib, quvonadi.
-
-
-
|Salmos 96:9|Ey Egam, yer yuzidagi buyuk hukmdor Sensan, Hamma xudolardan Sen yuksalgansan.
-
-
-
|Salmos 96:10|Ey Egamizni sevganlar! Yomonlikdan nafratlaning. U taqvodorlarining jonlarini O‘zi asraydi, Fosiqlarning qo‘lidan ularni xalos etadi.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
