Salmos


  • |Salmos 144:1| Dovudning hamdu sanosi. [1] 1Ey Xudoyim, Shohim! Seni ulug‘layman! To abad Sening nomingni olqishlayman!

  • |Salmos 144:2| Har kun Seni olqishlayman, Senga to abad hamdu sano aytaman.


  • |Salmos 144:3| Egamiz buyukdir, madh etilsin yanada, Aql yetmas Uning buyukligiga.


  • |Salmos 144:4| Ey Egam, bir nasl boshqasiga maqtar ishlaringni, Ular e’lon qilar qudratli ishlaringni.

  • |Salmos 144:5| Ular shonli dabdabangni, ulug‘vorligingni so‘ylaydilar, Men esa ajoyib mo‘jizalaring haqida o‘ylayman 2.

  • |Salmos 144:6| Odamlar qo‘rqinchli ishlaring qudrati haqida aytadilar, Men esa buyukligingni e’lon qilgayman.

  • |Salmos 144:7| Insonlar cheksiz ezguligingni xotirlab, gapiraveradilar. Adolatingni ular sevinch ila kuylaydilar.


  • |Salmos 144:8| Egamiz inoyatli, rahmdildir, Jahli tez chiqmaydi, sodiq sevgisi mo‘ldir.

  • |Salmos 144:9| Egamiz har kimsaga himmat qilar, Yaratganlarining har biriga shafqat aylar.


  • |Salmos 144:10| Ey Egam, jamiki yaratganlaring Senga shukr aytar, Jamiki taqvodorlaring Senga olqishlar kuylar.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.