Salmos


  • |Salmos 67:1| Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi. Qo‘shiq.


  • |Salmos 67:2| Qo‘zg‘alsin Xudo, tarqalib ketsin dushmanlari, Oldidan qochib ketsin Undan nafratlanganlar.

  • |Salmos 67:3| Tutunni shamol tarqatgani kabi Xudo ularni haydab yuborsin. Mum olovda erigani kabi Xudo oldida fosiq halok bo‘lsin.

  • |Salmos 67:4| Solihlar esa xursand bo‘lsin, Xudo oldida shod bo‘lsin, Ular xursandlikka to‘lib–toshsin.


  • |Salmos 67:5| Xudoga hamdu sanolar kuylang, Uning nomini tarannum eting. U bulutlarni minib boradi, Uni ulug‘lang. U Egamizdir! Huzurida shodlaning!

  • |Salmos 67:6| U Xudodir, makoni muqaddasdir, Yetimlarning otasi, bevalar himoyachisidir.

  • |Salmos 67:7| Xudo yolg‘izlarni xonadonga joylashtiradi, Asirlarni rohatga, erkinlikka olib chiqadi, Isyonkorlar esa qaqragan yerga ega bo‘ladi.


  • |Salmos 67:8| Ey Xudo, O‘z xalqingning oldida borganingda, Sahro bo‘ylab yurish qilganingda, Zamin titradi, osmon yomg‘irini quydi.

  • |Salmos 67:9| Ey Sinay tog‘ining Xudosi 1, Sening huzuringda, Ey Isroil xalqining Xudosi, Sening oldingda, Zamin titradi, osmon yomg‘irini quydi.

  • |Salmos 67:10| Sen, ey Xudo, mo‘l yomg‘ir berding, Toliqqan yeringga 2 qaytadan kuch ato etding.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.