-
Leer por capítulos:
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150
-
|Salmos 18:1|Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.
-
-
-
|Salmos 18:2|Xudoning shuhratini samolar namoyon qiladi, Uning ijodini falak toqi aytib turadi.
-
-
-
|Salmos 18:3|Osmon kundan–kunga buni bildiradi, Har tun bundan xabardor qiladi.
-
-
-
|Salmos 18:4|Samo, falak aytmas bir gap, yo bir jumla, Chiqmas ulardan hech bir sado.
-
-
-
|Salmos 18:5|Ammo xabarlari 1 har tomonga tarqaladi, Olamning chetigacha yetib boradi. Xudo samolarda quyosh uchun chodir qurgan.
-
-
-
|Salmos 18:6|Quyosh go‘shangadan chiqqan kuyovga o‘xshaydi. Qahramonlarga o‘xshab g‘ayrat bilan yo‘lagidan boradi.
-
-
-
|Salmos 18:7|Samolarning bir chetidan u chiqib, Aylanib, boshqa bir chetiga yo‘l oladi, Uning taftidan hech narsa yashirina olmaydi.
-
-
-
|Salmos 18:8|Egamizning qonuni mukammaldir,Bizga u yangi kuch ato etadi, Egamizning farmonlari ishonchlidir,G‘o‘r yoshlarga donolik beradi.
-
-
-
|Salmos 18:9|Egamizning buyruqlari to‘g‘ridir, Qalblarni shodlikka to‘ldiradi, Egamizning amrlari ravshandir, Ular ko‘zlarga nur beradi.
-
-
-
|Salmos 18:10|Egamizdan qo‘rqish poklikdir, Bu to abad davom etadi. Egamizning qoidalari haqiqatdir, Hammasi g‘oyat adolatlidir.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
