Salmos


  • |Salmos 100:1| Dovud sanosi. [1] Sadoqatingni, adolatingni kuylayman, Seni, ey Egam, tarannum etaman.

  • |Salmos 100:2| Benuqson hayot kechirishni o‘rganaman, Qachon bunga erishaman? Pok yurak ila o‘z uyimda umr kechiraman.

  • |Salmos 100:3| Ko‘z oldimga birorta jirkanch narsa qo‘ymayman. Qing‘ir ishlardan nafratlanaman, Men ularga hech qo‘shilmayman.

  • |Salmos 100:4| Ters ishlarni rad qilaman, Yomonlik mendan uzoq bo‘ladi.

  • |Salmos 100:5| Do‘sti ortidan g‘iybat qiladiganni yo‘q qilaman, Takabburlik bilan qaraydigan ko‘zlarga, Mag‘rur yurakka aslo toqat qilmayman.


  • |Salmos 100:6| Yonimda istiqomat qilsinlar, deya Yurtimning sodiq odamlariga xayrixoh bo‘laman. Nuqsonsiz yo‘ldan yuradigan inson Menga xizmat qiladi.

  • |Salmos 100:7| Hiylagarlar mening saroyimda qolmaydi, Yolg‘onchilar qarshimda turmaydi.

  • |Salmos 100:8| Har sahar yurtdagi fosiqlarni qiraman, Ey Egam, Sening shahringdan badkirdorlarni yo‘q qilaman.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.