Salmos


  • |Salmos 90:1| Xudoyi Taolo panohida yashaydiganlar Qodir Xudo soyasida orom topar.

  • |Salmos 90:2| Men Egamga shunday deyman: “Sen panohimsan, qal’amsan, Men umid bog‘lagan Xudoyimsan.”


  • |Salmos 90:3| Albatta U xalos etar seni ovchining tuzog‘idan, Xalos etar seni qirg‘in keltiruvchi vabodan.

  • |Salmos 90:4| Seni U patlari ostiga olar, Uning qanotlari ostida panoh topasan, Sadoqati bilan senga qalqon, devor bo‘lar.

  • |Salmos 90:5| Shunda qo‘rqmaysan tunning vahimasidan, Qo‘rqmaysan kunduzi uchgan o‘qdan,

  • |Salmos 90:6| Zulmatda bildirmay keladigan vabodan, Qoq peshinda qirg‘in keltiruvchi o‘latdan.


  • |Salmos 90:7| Mingtasi chap yoningda yiqilib qoladi, O‘n mingtasi o‘ng yoningda yiqilib qoladi, Ammo bu kulfatlar senga yaqin kelmaydi.

  • |Salmos 90:8| Faqat ko‘zlaringni och, shunda ko‘rasan Fosiqning qanday jazo olganini.


  • |Salmos 90:9| [9-10] Agar Egamizni panohing qilsang, Boshingga biron baxtsizlik kelmas. Xudoyi Taoloni qo‘rg‘oning qilsang, Biron falokat chodiringga yo‘lamas.

  • |Salmos 90:10|


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.