Salmos


  • |Salmos 55:1| Ijrochilar rahbariga. “Uzoqdagi jim kabutar” kuyiga aytilgan. Filist xalqi Dovudni Gat shahrida tutib olganda 1, uning aytgan qo‘shig‘i.


  • |Salmos 55:2| Shafqat qil menga, ey Xudo, Odamlar meni ta’qib qilmoqda, G‘animlarim kun bo‘yi meni ezmoqda.

  • |Salmos 55:3| Bo‘htonchilar kun bo‘yi meni ta’qib qiladi, Ko‘plari menga hujum qiladi, ey Xudoyi Taolo!

  • |Salmos 55:4| Qo‘rqqanimda Senga umid bog‘layman.

  • |Salmos 55:5| Ey Xudo, kalomingni madh etaman, Qo‘rqmayman, Sendan umid qilaman, Bandang menga ne qila oladi?!


  • |Salmos 55:6| G‘animlarim har doim gapimni buzib ko‘rsatadi, Menga zarar yetkazmoq uchun fitnalar qiladi.

  • |Salmos 55:7| Yovuz niyatda ortimdan pisib keladi, Har bir qadamimni o‘lchab yuradi, Ular hayotimga chek qo‘yishni istaydi.

  • |Salmos 55:8| Jinoyatlari uchun ularni uloqtir 2, Ey Xudo, g‘azabing ila ularni yerga ur!


  • |Salmos 55:9| Sen qayg‘ularimni hisobga olgansan, Ko‘z yoshlarimni idishingga solib yig‘ib qo‘ygin. Axir, ularning har biri kitobingda yozilgan–ku!

  • |Salmos 55:10| Senga iltijo qilgan kunim Dushmanlarim ortga chekinadi. Ha, bilaman, Sen men tomonda.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.