Salmos


  • |Salmos 93:1| Ey Egam, Sen qasoskor Xudosan, Sen, ey qasoskor Xudo, nuringni soch!

  • |Salmos 93:2| Qani, bo‘l, ey yer yuzini hukm etguvchi, Kiborlarga loyiq jazosini ber.

  • |Salmos 93:3| Qachongacha fosiqlar tantana qilar? Ey Egam, qachongacha?


  • |Salmos 93:4| Og‘izlaridan balandparvoz so‘zlar otilib chiqyapti–ku! Hamma badkirdorlar maqtanyapti–ku!

  • |Salmos 93:5| Ey Egam, ular xalqingni ezyapti, O‘zing tanlagan elatingga zulm qilyapti.

  • |Salmos 93:6| Beva, musofirni ular o‘ldiryapti, Yetimlarni yo‘q qilyapti.

  • |Salmos 93:7| Ular aytyapti: “Egamiz ko‘rmas, Yoqubning Xudosi e’tibor bermas.”


  • |Salmos 93:8| Tushunib oling, ey xalq orasidagi tentaklar. Qachon sizlarga aql kirar, ey ahmoqlar?!

  • |Salmos 93:9| Quloqni yaratgan eshitmaydimi?! Ko‘zni ato etgan ko‘rmaydimi?!

  • |Salmos 93:10| Xalqlarga tanbeh beruvchi jazolamaydimi?! Uning O‘zi insonga o‘rgatadi–ku!


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.