Salmos


  • |Salmos 111:1| 1Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! Baxtlidir Egamizdan qo‘rqadigan odam, Uning amrlarini bajarib zavq oladigan odam!

  • |Salmos 111:2| Bunday odamning avlodi yurtda qudratli bo‘ladi, To‘g‘ri odamning nasli baraka topadi.

  • |Salmos 111:3| Uning uyida mo‘lchilik, boylik bo‘ladi, Uning solihligi to abad davom etadi.

  • |Salmos 111:4| Hatto zulmatda ham to‘g‘ri insonga nur yog‘iladi, U rahmdil, mehribon va solihdir.

  • |Salmos 111:5| Yaxshi odam saxiy, qarz beradi, Adolat bilan ish yuritadi.

  • |Salmos 111:6| Solih hech qachon tebranmaydi, U to abad unutilmaydi.

  • |Salmos 111:7| U yomon xabardan qo‘rqmaydi, Butun yurakdan Egamizga umid bog‘laydi.

  • |Salmos 111:8| Yuragi barqarordir, qo‘rquv nimaligini bilmaydi, Oxiri dushmanlari mag‘lubiyatini o‘z ko‘zi bilan ko‘radi.

  • |Salmos 111:9| Boyligini muhtojlarga saxiylik ila taqsimlaydi, Uning solihligi to abad davom etadi. U qudratli, hurmatli bo‘ladi.

  • |Salmos 111:10| Fosiqlar buni ko‘rib, g‘azabga minadi, Tishlarini g‘ichirlatib, shalvirab qoladi, Fosiqlarning istagi puchga chiqadi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.