-
Leer por capítulos:
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150
-
|Salmos 43:1|Ijrochilar rahbariga. Ko‘rax naslining 1 qasidasi.
-
-
-
|Salmos 43:2|Ey Xudo, o‘z quloqlarimiz ila eshitganmiz. Qadim zamonda, ha, ota–bobolarimiz davrida Qilgan ishlaringni ular bizga aytgan edi.
-
-
-
|Salmos 43:3|O‘z qo‘ling ila quvding begona xalqlarni, Ularning yurtiga o‘tqazding otalarimizni, Kulfatga solding begona xalqlarni, Ozod qilding Sen otalarimizni 2.
-
-
-
|Salmos 43:4|Ular yurtni qilich ila olmadilar, O‘z qo‘llari ila g‘alabaga erishmadilar. Ular Sening o‘ng qo‘ling, qudrating, Sening yuz nuring ila g‘olib bo‘ldilar. Zero, Sen ulardan mamnun bo‘lganding.
-
-
-
|Salmos 43:5|Sen Shohimsan, Xudoyimsan, Amr ber, Yoqub nasli g‘olib bo‘lsin.
-
-
-
|Salmos 43:6|Sen tufayli dushmanimizni surarmiz, Noming ila g‘animlarimizni ezg‘ilarmiz.
-
-
-
|Salmos 43:7|Ishonib qolmasman men o‘z yoyimga, Qilichim g‘alaba keltirmas menga.
-
-
-
|Salmos 43:8|G‘animlarimiz ustidan bizni g‘olib qilding, Bizdan nafratlanganlarni sharmanda qilding.
-
-
-
|Salmos 43:9|Ey Xudo, kun bo‘yi Sen tufayli maqtandik, To abad Senga shukronalar aytamiz.
-
-
-
|Salmos 43:10|Endi esa bizni rad qilib, sharmanda qilding, Lashkarlarimizni boshlab bormayapsan.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
