-
Leer por capítulos:
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150
-
|Salmos 24:1|Dovud sanosi. [1] 1Yuragimni ochaman Senga, eyEgam !
-
-
-
|Salmos 24:2|Senga umid bog‘layman, ey Xudoyim! Sharmanda bo‘lishimga yo‘l qo‘ymagin, Dushmanlarim mendan ustun kelmasin.
-
-
-
|Salmos 24:3|Senga ishonganlar aslo bo‘lmasin sharmanda. Sharmandalik kelsin Senga asossiz xiyonat qilganlarning boshiga.
-
-
-
|Salmos 24:4|Ey Egam, yo‘llaringni menga ko‘rsat, So‘qmoqlaringni menga o‘rgat.
-
-
-
|Salmos 24:5|Haqiqating yo‘lidan meni boshlab o‘rgatgin, Najotkorim Xudo O‘zingsan, Kun bo‘yi Sendan umid qilaman.
-
-
-
|Salmos 24:6|Yodingda tut, ey Egam, buyuk shafqatingni Ham sevgida sodiqligingni. Axir, azaldan Sen shunday qilgansan.
-
-
-
|Salmos 24:7|Esga olma yoshlikdagi gunohlarimni Hamda qilgan itoatsizliklarimni. Sodiq sevging haqi yodga ol meni, Axir, Sen yaxshisan, ey Egam!
-
-
-
|Salmos 24:8|Egamiz yaxshi, adolatlidir!U gunohkorlarga yo‘l–yo‘riq ko‘rsatadi.
-
-
-
|Salmos 24:9|U kamtarni to‘g‘rilikka boshlaydi, Kamtarin insonni O‘z yo‘liga o‘rgatadi.
-
-
-
|Salmos 24:10|Egamiz qilgan har ishi orqali Uning ahdiga rioya qilganlarga Sodiq sevgisini ko‘rsatadi.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
