Salmos


  • |Salmos 3:1| O‘g‘li Absalomdan qochayotgan paytda Dovudning aytgan sanosi.


  • |Salmos 3:2| Ey Egam! G‘animlarim naqadar ko‘pdir! Menga qarshi qo‘zg‘alganlar qanchalar ko‘pdir!

  • |Salmos 3:3| Ko‘plar men haqimda: “Xudodan unga najot yo‘q”, — deb aytadilar.

  • |Salmos 3:4| Ey Egam, Mening qalqonimsan! Shuhratim Sensan! Sen boshimni yuksaltirasan.


  • |Salmos 3:5| Egamizdan madad so‘rab qilaman faryod, Muqaddas tepaligidan 1 U menga beradi javob.

  • |Salmos 3:6| Egamiz meni himoya etgani uchun Yotib uxlab, yana uyg‘onaman.

  • |Salmos 3:7| Har tomondan meni qurshab turgan O‘n minglarcha g‘animlarimdan qo‘rqmasman.


  • |Salmos 3:8| Qo‘zg‘algin, ey Egam! Najot ber, ey Xudoyim! Hamma g‘animlarimning yuzlariga urasan, Qabihlarning tishlarini sindirasan.

  • |Salmos 3:9| Ey Egam! Najot sendan keladi! Barakalaring xalqingga kelsin!


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.