Salmos


  • |Salmos 103:1| Egamni olqishla, ey jonim. Ey Egam Xudo! Sen naqadar buyuksan, Shuhratu ulug‘vorlikka burkangansan.

  • |Salmos 103:2| Yopinchiqqa o‘ralganday nurga chulg‘angansan, Samolarni bir chodir kabi yoygansan.

  • |Salmos 103:3| Osmondagi suvlar 1 uzra dargohingni qurgansan, Bulutlarni jang aravasi qilasan, Shamol qanotlarini minib ketasan.

  • |Salmos 103:4| Shamollarni O‘zingga xabarchilar qilasan, Lovullagan olovni xizmatkorlaring etasan.


  • |Salmos 103:5| Hech qachon tebranmasin, deya Sen zaminning poydevorini 2 qo‘ygansan,

  • |Salmos 103:6| Zaminni libosga o‘raganday, Tubsiz suvlar ila o‘ragan eding, Hatto tog‘lar cho‘qqisini suvlar ko‘mgan.

  • |Salmos 103:7| Sening tahdidlaringdan suvlar chekinar, Sen gumburlatgan sadodan ular qochar.

  • |Salmos 103:8| Suvlar tog‘lar ustidan, vodiy bo‘ylab oqarlar Sen ular uchun tayin etgan joyga.

  • |Salmos 103:9| Bu suvlar toshmasin, deb, Yana yer yuzini qayta qoplamasin, deb Sen chegara qo‘ygansan!


  • |Salmos 103:10| Buloqlarni toshirding Sen soyliklardan, Buloqlar oqib kelar tog‘lar orasidan.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.