Salmos


  • |Salmos 138:1| Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi. [1] Ey Egam, meni O‘zing sinab ko‘rib, bilgansan,

  • |Salmos 138:2| Qachon o‘tirib, qachon turishimni O‘zing bilasan, O‘y–xayollarimni uzoqdan turib anglab olasan,

  • |Salmos 138:3| Yurishimni, yotishimni Sen tekshirasan, Barcha yo‘llarim Senga oyday ravshandir.

  • |Salmos 138:4| Biron so‘z tilimga kelmasdan oldin, Ey Egam, Sen hammasini bilasan.

  • |Salmos 138:5| Meni hamma tomondan o‘rab olgansan, Qo‘llaringni ustimga qo‘ygansan.

  • |Salmos 138:6| Donoliging men uchun juda ajoyibdir, Shu qadar yuksakki, men anglay olmasman.


  • |Salmos 138:7| Sening Ruhingdan qochib, qayerga ham bora olaman?! Sening huzuringdan qayerga ham qocha olaman?!

  • |Salmos 138:8| Agar osmonga chiqsam, Sen o‘sha yerdasan! O‘liklar diyoriga 1 tushsam ham, Sen o‘sha yerdasan!

  • |Salmos 138:9| Saharning qanotlarini olib parvoz qilsam, Dengizning eng uzoq chetlariga o‘rnashsam,

  • |Salmos 138:10| Hatto u yerda ham qo‘llaring meni yetaklar, O‘ng qo‘ling meni quvvatlar.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.