Salmos


  • |Salmos 120:1| Ziyorat qo‘shig‘i. [1] Tog‘larga tikaman ko‘zlarimni, Qayerdan kelar madad menga?

  • |Salmos 120:2| Yeru osmonni yaratgan Egamdan kelar madad menga.


  • |Salmos 120:3| Qoqilishingga U yo‘l qo‘ymas, U Posboningdir, aslo mudramas.

  • |Salmos 120:4| Ha, Isroilning Posbonidir U, Mudramaydi, uxlamaydi U.


  • |Salmos 120:5| Egamizdir sening posboning, Egamizdir yoningdagi soyang sening.

  • |Salmos 120:6| Kunduzi oftob seni urmas, Kechasi oy senga zarar bermas.

  • |Salmos 120:7| Egamiz seni barcha zarardan asraydi, Joningni Egamiz saqlaydi.

  • |Salmos 120:8| Hozir va to abad qayerga borsang ham, Egamiz seni doim asraydi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.