-
Leer por capítulos:
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150
-
|Salmos 31:1|Dovud qasidasi. [1] Itoatsizligi kechirilganlar baxtlidir,Egamiz kimning gunohidan o‘tgan bo‘lsa,O‘sha inson baxtlidir.
-
-
-
|Salmos 31:2|Egamiz kimning aybini yozmagan bo‘lsa,O‘sha inson baxtlidir, Ruhida hiyla bo‘lmaganlar baxtlidir.
-
-
-
|Salmos 31:3|Ey Egam, gunohimni bo‘ynimga olmay, rad qilganimda, Tanam qoq suyak bo‘lib qolgandi, Kun bo‘yi oh–voh qilib chiqardim.
-
-
-
|Salmos 31:4|Kecha–kunduz qo‘ling ustimda og‘ir yuk bo‘ldi, Saraton issig‘idagiday madorim qurib qoldi.
-
-
-
|Salmos 31:5|Endi oldingda gunohimni e’tirof etdim, Aybimni yashirmay, o‘zim aytdim: “Egam oldida itoatsizligimni bo‘ynimga olaman.” Sen esa mening gunohimni kechirding.
-
-
-
|Salmos 31:6|Shu bois har bir taqvodor Vaqt borida Senga ibodat qilsin. Shunda azim suvlar to‘foni Taqvodorlarga yetib bormas.
-
-
-
|Salmos 31:7|Sen mening panohimsan, Meni kulfatlardan Sen asraysan, Najot qo‘shig‘i ila meni o‘raysan.
-
-
-
|Salmos 31:8|Egamiz aytar: “Sizlarga Men yo‘l ko‘rsataman, Yuradigan yo‘llaringizni o‘rgataman, Maslahat beraman, sizlarni kuzataman.
-
-
-
|Salmos 31:9|Ongsiz ot yoki xachir kabi bo‘lmanglar, Ularni yo‘lga solmoq uchun suvluq, jilov kerak, Bo‘lmasa ular yoningizga kelmaydi.”
-
-
-
|Salmos 31:10|Fosiqning azobi ko‘pdir, Lekin Egamizdan umidvorlarni Sodiq sevgi qurshab oladi.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
