Salmos


  • |Salmos 62:1| Yahudo cho‘lida bo‘lganda, Dovudning aytgan sanosi.


  • |Salmos 62:2| Ey Xudo, mening Xudoyimsan, intilaman Senga, Quruq, toliqqan suvsiz tuproqday Jonim tashnadir Senga, Vujudim orzumanddir Senga.

  • |Salmos 62:3| Muqaddas maskaningda Senga nigoh tashladim, Qudratingni, shuhratingni ko‘rdim.

  • |Salmos 62:4| Hayotdan afzal Sening sevging, Tilimdan tushmas Sening olqishing.

  • |Salmos 62:5| Bir umr Seni olqishlayman, Qo‘llarimni ko‘tarib, Senga sajda qilaman.

  • |Salmos 62:6| Ilik bilan yog‘ yeganday jonim mamnun bo‘ladi, Shodiyona qo‘shiqlar ila Seni madh qilaman.


  • |Salmos 62:7| O‘rnimda yotib ham, Seni eslayman, Seni o‘ylab, tunni qarshi olaman.

  • |Salmos 62:8| O‘zing Mening madadkorim bo‘lding, Qanotlaring soyasida sevinch ila kuylayman.

  • |Salmos 62:9| Sening ortingdan qolmay ergashaman, O‘ng qo‘ling meni mahkam tutadi.


  • |Salmos 62:10| Jonimning payiga tushganlar Yerning qa’riga tushib yo‘q bo‘lib ketadi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.