-
Leer por capítulos:
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150
-
|Salmos 64:1|Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi. Qo‘shiq.
-
-
-
|Salmos 64:2|Ey Quddusdagi 1 Xudo, Sen loyiqsan hamdu sanoga, Senga bergan ontimizni bajo qilamiz.
-
-
-
|Salmos 64:3|Sensan ibodatlarga javob berguvchi, Jamiki odamzod Senga keladi.
-
-
-
|Salmos 64:4|Gunoh ustimizdan 2 tantana qilgan, Sen esa kechirasan gunohlarimizni 3.
-
-
-
|Salmos 64:5|Qutlug‘ hovlimda yashasin, deya Sen O‘zing tanlab, Olib kelgan inson naqadar baxtli! Uyingning, muqaddas Ma’badingning Ne’matlaridan biz bahramand bo‘lamiz.
-
-
-
|Salmos 64:6|G‘aroyib ishlar ko‘rsatib, G‘alaba ila bizga javob berasan, Ey najotkorimiz Xudo! Yerning to‘rt tomonining, Hamda eng uzoq dengizlarning umidi Sensan.
-
-
-
|Salmos 64:7|Kuch bilan O‘zingni qurollantirgansan, Qudrating ila tog‘larni joylashtirgansan.
-
-
-
|Salmos 64:8|Dengizlar hayqirig‘ini bostirasan, To‘lqinlar shovqinini tinchitasan. Xalqlar shovqin–suroniga barham berasan.
-
-
-
|Salmos 64:9|Dunyoning u chetida yashovchilar Mo‘jizalaringdan qo‘rquvga tushadi. Sharqdan g‘arbgacha xalqlar Sening ishlaringni sevinch ila kuylaydi.
-
-
-
|Salmos 64:10|Zaminni Sen sug‘orib parvarishlaysan, Mo‘l–ko‘l qilib uni boyitasan. Ey Xudo, daryolaring suvi limmo–limdir, Insonlarni don–dun bilan ta’minlashni mo‘ljallagansan.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
