-
Leer por capítulos:
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150
-
|Salmos 48:1|Ijrochilar rahbariga. Ko‘rax naslining 1 sanosi.
-
-
-
|Salmos 48:2|Eshitinglar, ey xalqlar, Quloq soling, olam ahli,
-
-
-
|Salmos 48:3|Ey insonlar, jamiki odamzod, Boylaru faqirlar, quloq solingiz!
-
-
-
|Salmos 48:4|Og‘zimdan to‘kiladi dono so‘zlar, Qalbimning mushohadasi ham idroklidir.
-
-
-
|Salmos 48:5|Qulog‘imni hikmatga buraman, Ma’nosini lira bilan anglataman.
-
-
-
|Salmos 48:6|Nega qo‘rqishim kerak qaro kunlarda?! Nega qo‘rqishim kerak ta’qib qiluvchilar Qabih ishlari bilan meni o‘rab olganlarida?!
-
-
-
|Salmos 48:7|Ular mol–mulkiga ishonadilar, Behisob boyliklari ila maqtanadilar.
-
-
-
|Salmos 48:8|Axir, hech kim hayotini 2 pul to‘lab qutqara olmas, Yoki uning uchun Xudoga to‘lov berolmas.
-
-
-
|Salmos 48:9|Inson hayoti uchun to‘lov g‘oyat qimmatdir, Hech qanday to‘lov yetarli bo‘lmas.
-
-
-
|Salmos 48:10|Yo‘qsa inson to abad yashardi, Qabr yuzini aslo ko‘rmasdi.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
