Salmos


  • |Salmos 110:1| 1Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! To‘g‘ri insonlar jamoasida bo‘lganimda, Butun qalbimdan Egamga shukr aytaman.

  • |Salmos 110:2| Egamizning ishlari buyukdir, Ulardan lazzat oluvchilar ular haqda fikr yuritadilar.

  • |Salmos 110:3| Egamizning ishlari muhtasham, haybatlidir, Uning adolati to abad davom etadi.

  • |Salmos 110:4| Egamiz unutilmas ajoyibotlarni yaratdi, U rahmdil va shafqatlidir.

  • |Salmos 110:5| O‘zidan qo‘rqqanlarga rizq–ro‘zini beradi, O‘z ahdini doimo yodida tutadi.

  • |Salmos 110:6| Xalqiga qudratli ishlarini ko‘rsatdi, Boshqa xalqlar yerini ularga berdi.

  • |Salmos 110:7| Hamma ishlarida sodiq, adolatlidir, Uning hamma amrlari ishonchlidir.

  • |Salmos 110:8| Ularning hammasi to abad mustahkam turadi, Egamiz ularni sadoqat, to‘g‘rilik ila ijro qildi 2.

  • |Salmos 110:9| U xalqini qutqardi, To abad ahdi bilan ularni O‘ziga bog‘ladi. Uning nomi muqaddas, qo‘rqinchlidir.

  • |Salmos 110:10| Egamizdan qo‘rqish donolikning boshidir, Bunday yo‘l tutganlarning aqli rasodir, Uning hamdu sanolari to abad davom etadi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.