Salmos


  • |Salmos 8:1| Ijrochilar rahbariga. Soz jo‘rligida. Dovud sanosi.


  • |Salmos 8:2| Ey Egam, bizning Rabbimiz! Butun yer yuzida Sening noming ulug‘vordir! Osmondan ham yuksakdir Sening shuhrating! 1

  • |Salmos 8:3| Dushmanlaringning, qasoskorlarning Ovozini o‘chiray, deya Sen bolalar va chaqaloqlarni O‘z qudratingni so‘ylashga o‘rgatding.

  • |Salmos 8:4| Qo‘llaring ijodi bo‘lgan osmoningga qaradim, O‘zing joylashtirgan yulduzlaru oyga boqdim.

  • |Salmos 8:5| Inson zoti nedirki, u haqda o‘ylagaysan?! Bandalar 2 nedirki, Sen ularni ardoqlaysan?!


  • |Salmos 8:6| Sen ularni O‘zingdan 3 andak past qilding, Izzatu sharaf tojini ularga kiygizding.

  • |Salmos 8:7| Jamiki yaratganing uzra ularni hukmron qilding 4, Bor narsani ularning oyog‘i ostiga qo‘yding:

  • |Salmos 8:8| Jamiki molu qo‘ylarni ham, Barcha yovvoyi hayvonlarni ham,

  • |Salmos 8:9| Samodagi qushlaru dengiz baliqlarini — Dengizda suzuvchi har xil maxluqlarni. Ha, ularning ustidan insonni hukmron qilding.


  • |Salmos 8:10| Ey Egam, bizning Rabbimiz! Butun yer yuzida Sening noming ulug‘vordir!


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.