Salmos


  • |Salmos 70:1| Ey Egam, Senda men panoh topaman, Sharmanda bo‘lishimga aslo yo‘l qo‘ymagin.

  • |Salmos 70:2| Adolatlisan, saqla meni, qutqargin, Eshitgin, meni xalos qilgin.

  • |Salmos 70:3| Mening panoh qoyam bo‘lgin, Har doim Senga bora olay. Meni qutqarmoq uchun amr berding. Chindan ham, Sen suyangan qoyamsan, qal’amsan.


  • |Salmos 70:4| Ey Xudoyim, fosiqning qo‘lidan meni qutqargin, Adolatsiz, zolim odamning iskanjasidan qutqargin.

  • |Salmos 70:5| Sen, ey Egam Rabbiy, mening umidimsan, Yoshligimdan Senga umid bog‘laganman.

  • |Salmos 70:6| Tug‘ilganimdan buyon Senga suyandim, Onamning qornidan meni olib chiqqansan, Doimo Senga hamdu sano aytaman.


  • |Salmos 70:7| Hayotim ko‘pchilikka o‘rnak bo‘ldi, Chunki Sen mening mustahkam panohimsan.

  • |Salmos 70:8| Og‘zimdan aslo tushmas Senga hamdu sanolar, Kun bo‘yi shuhratingni e’lon qilaman.

  • |Salmos 70:9| Keksaygan chog‘imda meni tashlab qo‘ymagin, Quvvatim ketganda, meni tark etmagin.

  • |Salmos 70:10| Axir, dushmanlarim menga qarshi til biriktiradi, Birga fitna qilib, meni o‘ldirmoqchi bo‘ladi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.