-
Leer por capítulos:
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150
-
|Salmos 61:1|Ijrochilar rahbari Yodutunga 1. Dovud sanosi.
-
-
-
|Salmos 61:2|Jonim yolg‘iz Xudoga muntazirdir, Najot menga Xudodan keladi.
-
-
-
|Salmos 61:3|Ha, Uning O‘zi suyangan qoyam , najotimdir.Qal’am Udir, shu bois aslo qoqilmasman.
-
-
-
|Salmos 61:4|Ey dushmanlar, qachongacha meni turtasizlar?! Liqillab turgan chetan devorga, Qiyshaygan devorga hujum qilganday Hammangiz menga yopishaverasizlarmi?!
-
-
-
|Salmos 61:5|Sizning rejangiz obro‘yimni to‘kmoqdir. Yolg‘on–yashiq gaplardan zavq olasiz, Og‘zingiz bilan duo qilasiz, Ichingizda esa la’nat o‘qiysiz.
-
-
-
|Salmos 61:6|Ey jonim, yolg‘iz Xudoga muntazir bo‘lgin, Umidim manbayi Uning O‘zidir.
-
-
-
|Salmos 61:7|Yolg‘iz Xudodir suyangan qoyam , najotim,Qal’am Udir, shu bois qoqilmasman.
-
-
-
|Salmos 61:8|Najotimu sharafim Xudodan kelar, Qudratli qoyamu panohim Udir.
-
-
-
|Salmos 61:9|Ey xalqim, umid qil Xudodan, Yuragingni ochgin doimo Unga, Bizning panohimiz Xudodir.
-
-
-
|Salmos 61:10|Inson zoti bir nafasdir, Ha, inson zoti yolg‘ondir! Agar tarozida tortib ko‘rilsa, Hammasi birga havodan ham yengil chiqadi. Ularning aslo vazni yo‘qdir.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
