Salmos


  • |Salmos 121:1| Dovudning ziyorat qo‘shig‘i. [1] “Egamizning uyiga boraylik”, deb Menga aytganlarida shod bo‘ldim.

  • |Salmos 121:2| Mana turibmiz, ey Quddus, Darvozalaring ichkarisida.


  • |Salmos 121:3| Quddus yaxshi qurilgan shahardir, Devorlari bir–biriga tutashtirib solingandir.

  • |Salmos 121:4| Isroil xalqiga berilgan qonunga ko‘ra, Qabilalar u yerga chiqib borarlar! Ha, Egamizning qabilalari Unga shukr aytmoq uchun chiqib borarlar!

  • |Salmos 121:5| U yerda hukm taxtlari o‘rnashgan, Ha, Dovud xonadonining taxtlari U yerda joylashgan.


  • |Salmos 121:6| Duo qiling Quddusning tinchligi uchun: “Uni sevganlar huzur–halovat topsin.

  • |Salmos 121:7| Devorlari ichida tinchlik bo‘lsin, Qal’alari bexatar bo‘lsin.”

  • |Salmos 121:8| Qarindoshlarim, do‘stlarim haqi–hurmati, Quddusga tinchlik bo‘lsin, deya aytaman.

  • |Salmos 121:9| Egamiz Xudoning uyi haqi–hurmati Quddusning iqbolini izlayman.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.