Salmos


  • |Salmos 114:1| Egamni sevaman, U meni eshitadi, Mening iltijolarimni U tinglaydi.

  • |Salmos 114:2| Quloq berib meni tinglagani uchun Umrim bo‘yi Egamga iltijo qilaman.

  • |Salmos 114:3| Meni o‘lim to‘rlari o‘rab oldi, O‘liklar diyorining 1 azoblari boshimga tushdi, Meni bosdi dardu g‘am, alamlar.

  • |Salmos 114:4| Shunda Egamga iltijo qildim: “Ey Egam, yolvoraman, meni qutqar!”


  • |Salmos 114:5| Egamiz mehribon, odildir, Xudoyimiz rahmdildir.

  • |Salmos 114:6| Egamiz sodda insonlarni himoya qiladi, Xavf–xatarda qolganimda, U meni qutqaradi.


  • |Salmos 114:7| Ey jonim, yana xotirjam bo‘lgin, Egam menga ezgulik qilgan.


  • |Salmos 114:8| Egam jonimni o‘limdan qutqarib qoldi, Ko‘zlarimni yosh to‘kishdan, Oyog‘imni qoqilishdan qutqardi.

  • |Salmos 114:9| Tiriklar diyorida ekanman Egamning yo‘lidan yuraveraman.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.