-
Leer por capítulos:
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150
-
|Salmos 140:1|Dovud sanosi. [1] Senga yolvoraman, eyEgam , yonimga tez kelgin,Senga yolvorganimda ovozimga quloq solgin.
-
-
-
|Salmos 140:2|Ibodatimni tutatqi nazriday qabul qilgin,Qo‘llarimni ko‘targanimni kechki qurbonlik deb bilgin.
-
-
-
|Salmos 140:3|Ey Egam, og‘zimga posbon qo‘ygin, Lablarim eshigini qo‘riqlagin.
-
-
-
|Salmos 140:4|Yuragimni qabihlikka burmagin, Yomon ishlarga qo‘shilishimga yo‘l qo‘ymagin, Badkirdorlarning jamoasida Ziyofatlarini yeyishimga yo‘l qo‘ymagin.
-
-
-
|Salmos 140:5|Mayli, solih odam meni uraversin, Sodiq odam meni to‘g‘rilasin, Boshim shunday a’lo moyni rad qilmasin.Mening ibodatim muttasil Badkirdorlarning qabih ishlariga qarshidir.
-
-
-
|Salmos 140:6|Ularning hakamlari qoyadan uloqtiriladi,Shunda fosiqlar so‘zlarim haq ekanligini bilib olishadi.
-
-
-
|Salmos 140:7|Badkirdorlar aytar: “Shudgor qilinib, parchalangan yerday, Suyaklarimiz qabr 1 og‘zida maydalanib, sochilib yotibdi.”
-
-
-
|Salmos 140:8|Ko‘zlarim Sendadir, ey Egam Rabbiy ,Sendan panoh izlayman, Meni tashlab qo‘ymagin.
-
-
-
|Salmos 140:9|Badkirdorlarning qopqonlaridan, Ular qo‘ygan tuzoqdan meni saqlagin.
-
-
-
|Salmos 140:10|Men sog‘–omon o‘tib ketayin, Fosiqlar o‘zlari qo‘ygan to‘rga tushsin.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
