Salmos


  • |Salmos 128:1| Ziyorat qo‘shig‘i. [1] Isroil shunday deb aytsin: “Ular yoshligimdan menga ko‘p zulm o‘tkazib keldi.

  • |Salmos 128:2| Ha, yoshligimdan menga zulm o‘tkazib kelgan, Ammo meni yenga olmaganlar.

  • |Salmos 128:3| Go‘yo qo‘shchilar kiftimga qo‘sh solib, Jo‘yaklarini uzun qilganday bo‘ldi.

  • |Salmos 128:4| Egamiz adolatparvardir, Fosiqlarning arqonini qirqib, meni ozod qildi.”


  • |Salmos 128:5| Quddusdan 1 nafratlanganlarning hammasi Sharmanda bo‘lib, ortiga qaytsin.

  • |Salmos 128:6| Tom ustidagi o‘tlarga 2 o‘xshasin ular, O‘smasdan oldin qurib qolsinlar.

  • |Salmos 128:7| Bunday o‘tga o‘roqchilarning hovuchi to‘lmaydi, Bog‘lovchilarning quchog‘i to‘lmaydi.

  • |Salmos 128:8| O‘tgan–ketganlar ularga: “Egamiz sizlarga baraka bersin, Egamiz nomi bilan sizlarni duo qilamiz!” deb aytmasin.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.