Salmos


  • |Salmos 54:1| Ijrochilar rahbariga. Torli asboblar jo‘rligida. Dovud qasidasi.


  • |Salmos 54:2| Ibodatimga quloq sol, ey Xudo, Iltijoimni e’tiborsiz qoldirma.

  • |Salmos 54:3| [3-4] Eshit meni, javob ber, Dushmanlarim dag‘dag‘asi, fosiqlarning siquvi Boshimga g‘am–kulfat keltiradi. Ular g‘azablanib, mendan nafratlanadi. Eh, o‘ylarim qiynar meni, Boshimdan uchgan aqlim.


  • |Salmos 54:4|

  • |Salmos 54:5| Yuragim hasratga to‘ladir, O‘lim vahimasi meni bosib keladir.

  • |Salmos 54:6| Qo‘rquv, titroq menga kelmoqda, Dahshat meni ezib bormoqda.

  • |Salmos 54:7| “Qaniydi kaptar kabi qanotim bo‘lsa”, dedim, “Uchib ketib, orom olgan bo‘lardim.

  • |Salmos 54:8| Haqiqatan, uzoqlarga uchib qutulardim, Sahroda makon qilgan bo‘lardim.

  • |Salmos 54:9| Quturgan shamolu bo‘rondan qochib, O‘zimga boshpana topgani shoshilgan bo‘lardim.”


  • |Salmos 54:10| Ey Rabbiy, ularni chalg‘it, Ularning gaplarini chalkashtir. Shaharda zo‘ravonlik, janjalni ko‘rib turibman.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.