Salmos


  • |Salmos 59:1| [1-2] Ijrochilar rahbariga. “Nilufar gul shahodati” kuyiga aytilgan. Ta’lim uchun. Dovud Oram–Naxrayim 1 va Oram–Zo‘vo 2 xalqi bilan jang qilgandan keyin 3 Yo‘ab qaytib kelib, o‘n ikki ming edomlikni Tuz vodiysida 4 o‘ldirganda, Dovudning aytgan qo‘shig‘i.


  • |Salmos 59:2|

  • |Salmos 59:3| Ey Xudo, bizni tark etding, Mudofaamizni yorib o‘tding, Bizdan g‘azablanding, Endi bizni oldingi holimizga qaytargin!

  • |Salmos 59:4| Yerni silkitding, yoriqlar ochding, Yoriqlarni tuzatgin, yer tebranmoqda.

  • |Salmos 59:5| Xalqingga ko‘p azoblar berding, Kalovlanib yursin, deb ichgani sharob 5 berding.


  • |Salmos 59:6| Ular kamon o‘qlaridan yashirinib olsin, deya 6 O‘zingdan qo‘rqqanlarga ishora berib, bayroq ko‘rsatasan.

  • |Salmos 59:7| O‘ng qo‘ling ila g‘alaba ato qilgin, Bizga javob bergin 7, O‘zingning sevganlaring najot topsin.


  • |Salmos 59:8| Ey Xudo, O‘z muqaddas makoningdan va’da bergansan 8: “Shodlanib, Shakamni 9 bo‘lib tashlayman, Suxo‘t vodiysini 10 taqsimlab beraman.

  • |Salmos 59:9| Gilad Menikidir, Manashe 11 Menikidir, Efrayim dubulg‘amdir, Yahudo 12 saltanat hassamdir.

  • |Salmos 59:10| Mo‘ab Mening qo‘lyuvgichimdir, Edom uzra chorig‘imni otaman 13, Olqishla meni, ey Filistlar! 14”



COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.