Salmos


  • |Salmos 2:1| Nega quturadi xalqlar?! Nega behuda fitna qiladi elatlar?!

  • |Salmos 2:2| Zamin shohlari Egamizga, Va U tanlagan shohga qarshi saf tortadilar. Hukmdorlar fitna qo‘zg‘ab, shunday deydilar:

  • |Salmos 2:3| “Sindiraylik ular solgan kishanlarni, Olib tashlaylik bo‘ynimizdan sirtmoqlarni.”


  • |Salmos 2:4| Osmonda hukmron bo‘lgan Rabbiy esa Ularni masxaralab, ustidan kuladi.

  • |Salmos 2:5| Rabbiy g‘azab bilan ularni ogoh etadi, Qahrini sochib, vahimaga solib aytadi:

  • |Salmos 2:6| “Men Sionga 1, O‘zimning muqaddas tepaligimga O‘zimning shohimni joylashtirdim.”


  • |Salmos 2:7| Egamizning so‘zlarini shoh e’lon qilmoqda: “Egamiz menga shunday dedi: ‘Sen Mening o‘g‘limsan, Bugun Men senga Ota bo‘ldim 2.

  • |Salmos 2:8| Tila, xalqlarni senga mulk qilib beraman, Yerning to‘rt tomoni seniki bo‘ladi.

  • |Salmos 2:9| Temir xivchin ila ularni urib ezasan 3, Sopol ko‘zani sindirganday ularni parchalaysan.’”


  • |Salmos 2:10| Ey shohlar! Endi aql bilan ish qiling. Ey zamin hukmdorlari! Ogoh bo‘ling.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.