Salmos


  • |Salmos 112:1| Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! Hamdu sano ayting, ey Egamizning qullari, Hamdu sanolar bo‘lsin Egamizning nomiga!

  • |Salmos 112:2| Egamiz nomiga hozir ham, Abadulabad olqishlar bo‘lsin.

  • |Salmos 112:3| Sharqdan g‘arbga qadar Egamizning nomiga olqishlar bo‘lsin!

  • |Salmos 112:4| Egamiz barcha xalqlar ustidan yuksalgan, Uning shuhrati samolardan ham buyukdir.


  • |Salmos 112:5| Egamiz Xudoga kim o‘xshaydi?! U yuksakda taxt qurgan.

  • |Salmos 112:6| U samoga, yer yuziga egilib, qaraydi.

  • |Salmos 112:7| Tuproqqa qorilgan bechorahollarni U ko‘taradi, Faqirlarni axlat uyumidan olib, yuksaltiradi.

  • |Salmos 112:8| Ularga shahzodalar yonidan joy beradi, O‘z xalqining shahzodalari bilan birga o‘tqazadi.

  • |Salmos 112:9| Befarzand ayolni o‘z uyida U sharaflaydi, Unga farzand ato etib, baxtiyor qiladi. Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.