Salmos


  • |Salmos 37:11| Yuragim titraydi, quvvatim ketdi, Ko‘zlarimning nuri adoyi tamom bo‘ldi.

  • |Salmos 37:12| Do‘st–yoronlarim dardim tufayli oldimdan qochadi, Tug‘ishganlarim aslo yonimga kelmaydi.


  • |Salmos 37:13| Jonimga qasd qilganlar menga tuzoq qo‘yadi, Menga zarar istaganlar kulfatdan so‘z ochadi, Kun bo‘yi yolg‘on so‘ylab, fitna qiladi.


  • |Salmos 37:14| Men esa karga o‘xshayman, eshitmayman, Soqovga o‘xshayman, gapira olmayman.

  • |Salmos 37:15| Chindan ham men soqovga o‘xshayman, Tili qotib qolgan odamdayman.


  • |Salmos 37:16| Ey Egam, Umidim yolg‘iz Sensan, Ey Egam Xudo, javob beradigan Sensan.

  • |Salmos 37:17| Ey Egam: “Holimni ko‘rib, dushmanlarim shodlanmasin, Oyoqlarim qoqilganda, o‘zlarini katta tutmasin”, deya Senga ibodat qildim.


  • |Salmos 37:18| O‘zim ham yiqilay, deb turibman, Muttasil azob chekayotirman.

  • |Salmos 37:19| Qilgan egriliklarim uchun tavba qilaman, Gunohlarim uchun tashvish tortaman.

  • |Salmos 37:20| Ashaddiy dushmanlarim ko‘pdir, Sababsiz mendan nafrat etuvchilar son–sanoqsiz.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.