Isaías

  • Uzumzor qo‘shig‘i

  • |Isaías 5:1| Qo‘shiq aytay suyukligimga, Aytay muhabbat qo‘shig‘imni Uning uzumzori haqida. Suyganimning uzumzori bor edi Tuprog‘i unumli tepalikda.

  • |Isaías 5:2| Yerni ag‘darib, toshlardan tozaladi, O‘tqazdi eng sara uzum tokini, Qorovul minorasini o‘rtaga qurdi. Yana uzum siqishga hozirlik ko‘rdi, Uzumlarning pishishini u kutdi, Ammo hosil ituzum bo‘ldi.


  • |Isaías 5:3| Endi, ey Quddus ahli, Yahudo xalqi, Hakam bo‘ling Men bilan uzumzorim o‘rtasida.

  • |Isaías 5:4| Yana nima qilishim kerak edi uzumzor uchun? Unga qilmaganim yana ne qoldi?! Uzumlarning pishishini kutganimda, Nega hosil ituzum bo‘ldi?!


  • |Isaías 5:5| Endi Men sizlarga aytaman Nima qilishimni uzumzorimni. Chetan devorini olib tashlayman, Hamma bor narsasi yeb bitirilsin. Uning devorini buzib tashlayman, Uzumzorim payhon qilinsin.

  • |Isaías 5:6| Men uni xarobazor qilaman, Endi toklarim butalmaydi, Yeri hech yumshatilmaydi. Tikanlar, changalzor bilan qoplansin, Bulutlarga ham amr beraman, Uzumzorimga yomg‘ir yog‘dirmasin.


  • |Isaías 5:7| Sarvari Olamning uzumzori — Isroil xonadoni, Egamning xush ko‘rgan ko‘chati — Yahudo odamlari. Ulardan to‘g‘rilik kutgandi, qotillik ko‘rdi, Ulardan adolat kutgandi, faryod eshitdi.
  • Ishayo adolatsizlikni qoralaydi

  • |Isaías 5:8| Ey ko‘plab uy sotib oladiganlar! Holingizga voy! Ey dalasiga yana dala qo‘shib oladiganlar! Holingizga voy, Ha, boshqalarga joy qoldirmaysiz, Endi bu yurtda yolg‘iz o‘zingiz qolib ketasiz.


  • |Isaías 5:9| Sarvari Olamning so‘zi ayon bo‘ldi menga: “Ko‘plab uylar, shubhasiz, xarob bo‘ladi, Katta, chiroyli uylar kimsasiz qoladi.

  • |Isaías 5:10| Yigirma tanob 1 uzumzor ikki ko‘za 2 sharob beradi, O‘n savat 3 urug‘ arang bir savat 4 hosil beradi.”



COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.