Isaías

  • Isroil xalqining gunohi

  • |Isaías 50:1| Egamiz shunday aytmoqda: “Men onangizni haydab yuborgan edim, Uning taloq xati qani? Xo‘sh, sizni qaysi qarz beruvchimga sotibman? Mana, gunohlaringiz tufayli sotildingiz, Itoatsizligingiz dastidan onangiz haydaldi.

  • |Isaías 50:2| Kelganimda nega biron kimsa yo‘q edi? Chaqirganimda nega hech kim javob bermadi? Sizni qutqarishga mening qo‘lim qisqami? Yoki sizni ozod qilishga kuchim yetmasmi? Bir tahdid qilsam dengiz quriydi, Daryolarni cho‘lga aylantiraman. Suvlar qurib, baliqlari sasiydi, Suv yo‘qligidan baliqlar o‘lib ketadi.

  • |Isaías 50:3| Samolarga qora kiydiraman, Qanorni ularning yopinchig‘i qilaman.”
  • Egamiz qulining itoatkorligi

  • |Isaías 50:4| Toliqqanlarga so‘z bilan madad bersin, deb Egam Rabbiy menga dono til berdi. Har tong U meni uyg‘otadi, Donolarday tinglasin, deb qulog‘imni ochadi.

  • |Isaías 50:5| Egam Rabbiy qulog‘imni ochdi, Men itoatsizlik qilmadim, Men Undan yuz o‘girib ketmadim.

  • |Isaías 50:6| Meni urganlarga kiftimni ochdim, Soqolimni yulganlarga yuzimni tutdim, Haqorat, tupurishlardan yuzimni yashirmadim.

  • |Isaías 50:7| Egam Rabbiy menga madad beradi, Shu bois men hech sharmanda bo‘lmadim. Azoblarga bardosh berishga qaror qildim, Bilaman, sharmanda bo‘lmayman.

  • |Isaías 50:8| Meni oqlaydigan yaqinimdadir, Men bilan da’volashadigan kim, yuzlashaylik–chi! Qani raqiblarim? Menga qarshi chiqsin!

  • |Isaías 50:9| Mana, Egam Rabbiy menga madad beradi, Qani kim meni aybdor, deb ayta oladi?! Qarang, ularning hammasi kiyim kabi eskiradi, Ularni kuya yeb tamom qiladi.


  • |Isaías 50:10| Orangizdan kim Egamizdan qo‘rqadi? Egamizning quli ovoziga quloq soladi? Zulmatda yurganlar, nurdan mahrum bo‘lganlar Egamizning nomiga umid bog‘lasin, Ha, o‘zining Xudosiga tayansin!


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.