-
Quddusning yangi nomi
-
|Isaías 62:1|Quddus haqi, men sukut saqlamayman, Sion haqi, men jim turmayman.Uning zafari tong kabi nur sochmaguncha, Uning najoti mash’ala kabi yonmaguncha, Men aslo jim turmayman.
-
-
-
|Isaías 62:2|Ey Quddus xalqi, xalqlar sizning g‘alabangizni, Har bir shoh shuhratingizni ko‘radi. Egamiz O‘z og‘zi bilan berganYangi nom bilan chaqirilasiz.
-
-
-
|Isaías 62:3|Sizlar Egamizning qo‘lida go‘zallik tillaqoshi,Xudoyingizning qo‘lida shohlik toji bo‘lasiz.
-
-
-
|Isaías 62:4|Endi sizni: “Tark etilgan”, deb aytmaslar, Sizning yurtingizni: “Tashlandiq”, deb atamaslar. Endi sizga: “Undan mamnunman”, degan nom beriladi, Yurtingizni esa: “Oilali”, deb aytishadi. Zotan, Egangiz sizdan mamnun bo‘ladi, Yurtingiz ham oilali bo‘ladi.
-
-
-
|Isaías 62:5|Yigit qiz bilan turmush qurganday, O‘g‘illaringiz yurtingizga bog‘lanib, Unga egalik qiladi. Kuyov kelin bilan qanday shod bo‘lsa, Xudoyingiz siz bilan shunday sevinadi.
-
-
-
|Isaías 62:6|Ey Quddus, devorlaringga soqchilar qo‘ydim, Ular kechayu kunduz ibodatni bas qilmaydi. Ey Egamizga ibodat qiladiganlar! Sizlar ham hech jim turmang.
-
-
-
|Isaías 62:7|Quddusni barqaror qilgunga qadar, Uni yer yuzining faxri qilmagunga qadar, Egamizga hech tinchlik bermanglar.
-
-
-
|Isaías 62:8|Egamiz o‘ng qo‘lini ko‘tarib, O‘z qudrati bilan ont ichdi: “Hech qachon dushmanlaringizga Doningizni yemish qilib bermayman. Mehnatingiz singgan sharobni Begonalar ichmaydi.
-
-
-
|Isaías 62:9|Ha, don yiqqanlarning o‘zi don yeydi–da, Men, Egasiga hamdu sano aytadi. Uzumni yig‘ib–terganlar Sharobni muqaddas hovlimda ichadi.”
-
-
-
|Isaías 62:10|Ey Quddus aholisi, darvozalardan chiqing! Qaytayotgan xalqqa yo‘lni tayyorlang! Tuproq yig‘ib yo‘l qiling, Toshlarni terib tashlang, Xalqlar uchun bayroq tiking!
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
