Isaías

  • Xudo Tir shahrini jazolaydi

  • |Isaías 23:1| Tir 1 haqida bashorat.
    Ey Tarshish 2 kemalari, faryod qiling! Endi yo‘q boshpanangiz! Kipr 3 sohilida eshitgan xabarlar. Mana, ularning hammasi ravshan.


  • |Isaías 23:2| Sukut saqlang, ey orol xalqi! Ey Sidon 4 savdogarlari! Bir paytlar kemalarga to‘la edingiz.

  • |Isaías 23:3| Shixor 5 doni, Nilning hosili Tirning daromadi bo‘lgan edi, U elatlardan foyda qilardi.

  • |Isaías 23:4| Uyat senga, ey Sidon! Axir, Tir, dengiz bo‘yidagi qal’a shunday demoqda: “Na to‘lg‘oq azobin chekdim, na tug‘dim, Na o‘g‘illar, na qizlar ulg‘aytirdim.”

  • |Isaías 23:5| Tir to‘g‘risida eshitganda, Misrning yuragi qinidan chiqay deydi.


  • |Isaías 23:6| Tarshishga jo‘nang, ey qirg‘oq aholisi, Faryod qiling!

  • |Isaías 23:7| Qadimda barpo bo‘lgan, Takabbur shahringizning holi ne bo‘ldi? Endi darbadar bo‘lasiz, Uzoq, begona yurtni vatan qilasiz.

  • |Isaías 23:8| Tirga qarshi kim bunday qaror chiqardi? Bu shahar shohlarga toj kiydirgandi, Savdogarlari hukmdor edi, Butun dunyo ularni izzat qilardi.

  • |Isaías 23:9| Sarvari Olam qabul qildi bu qarorni: “Takabburligi, ulug‘vorligi yo‘q bo‘lsin, Butun olam izzat qilganlar yerga urilsin.”


  • |Isaías 23:10| Ey Tarshish ahli! Nil bo‘yidagi dehqonlar kabi Yerlaringga ishlov ber 6. Axir, bandargohing yo‘q endi 7.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.