-
Shoh Oxozga xabar
-
|Isaías 7:1| Uzziyoning nabirasi, Yo‘tomning o‘g‘li Oxoz 1 hukmronligi davrida Oram shohi Ratan va Ramaliyo o‘g‘liIsroil shohi Pekax Quddusga kelib, saf tortdilar. Ammo uni bosib ololmadilar.
-
-
-
|Isaías 7:2| Dovud xonadoniga 2: “Oram lashkariEfrayim 3 xalqi bilan ittifoq tuzibdi”, degan xabar yetib keldi. Shoh Oxoz hamda xalq shunchalik vahimaga tushdilarki, hammalari shamolda tebrangan daraxtday titradilar.
-
-
-
|Isaías 7:3| ShundaEgamiz Ishayoga dedi: “Sen o‘g‘ling Sheryosub 4 bilan katta yo‘lga chiqqin. U yo‘l kir yuvuvchining dalasi tomon ketgan. Yuqori hovuz arig‘ining oxiri bo‘lgan o‘sha joyda Oxozni kutib olib,
-
-
-
|Isaías 7:4| unga shunday deb aytinglar: ‘O‘zingni bos, tinchlan, qo‘rqma! Oram shohi Ratan va Ramaliyo o‘g‘li g‘azabga mingan, ammo ularni deb qo‘rquvdan titramagin. Ikkovi ham yonib bitayotgan g‘o‘laday.
-
-
-
|Isaías 7:5| Efrayim va Ramaliyo o‘g‘li bilan birga, Oram senga qarshi fitna qilib, shunday dedi:
-
-
-
|Isaías 7:6| «Yahudoga bostirib boramiz. Xalqini vahimaga solib, qo‘lga olamiz. So‘ng To‘val o‘g‘lini 5 Yahudo shohi qilib tayinlaymiz».
-
-
-
|Isaías 7:7| AmmoEgamiz Rabbiy aytmoqda:
«Bu fitna amalga oshmas, Bu hech qachon yuz bermas.
-
-
-
|Isaías 7:8| Oramning boshi Damashqdir, Damashqning boshi Ratandir, Oltmish besh yildan so‘ng Efrayim Qirilib bitar, aslo xalq bo‘lmas.
-
-
-
|Isaías 7:9| Efrayimning boshiSamariyadir , Samariyaning boshi Ramaliyo o‘g‘lidir. Agarda so‘zimga ishonmasangiz, Mustahkam tura olmaysiz».’”
-
-
-
Immanuil to‘g‘risida bashorat
-
|Isaías 7:10|Egamiz yana Oxozga shunday dedi:
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
