-
Xudoning mehr–shafqati
-
|Isaías 55:1|Egam aytar:“Ey tashna bo‘lganlar! Hammangiz suvga kelinglar! Ey siz, pulsizlar, keling, sotib olib, yenglar! Keling, sharobu sut sotib oling pulsiz, tekinga!
-
-
-
|Isaías 55:2|Nima uchun non bo‘lmagan narsaga pul sarf qilasiz? Nima uchun ishlab topganingizni Qoniqtirmaydigan narsalarga sarf qilasiz? Eshiting, Menga quloq soling! Shunda a’lo taomlarni yeysiz, Yog‘li taomlar yeb, maza qilasiz.
-
-
-
|Isaías 55:3|Quloq soling, menga keling, Tinglang, shunda yashaysiz. Dovudga va’da bergan sodiq sevgim haqi Siz bilan abadiy ahd tuzaman.
-
-
-
|Isaías 55:4|Mana Men Dovudni xalqlarga guvoh qildim, Uni xalqlarning hukmdori, rahnamosi qildim.
-
-
-
|Isaías 55:5|O‘zingiz tanimagan xalqlarni chaqirasiz, Sizni tanimagan xalqlar oldingizga keladi. Men, Isroil xalqiningmuqaddas Xudosi —Egangiz Xudoni deb Bu xalqlar keladi, Zotan, Men sizni ulug‘vorlikka burkaganman.”
-
-
-
|Isaías 55:6|Egangiz yoningizda ekan, Unga intiling, U yaqiningizda ekan, Uni chaqiring!
-
-
-
|Isaías 55:7|Badkirdor yo‘lidan qaytsin, Gunohkor niyatidan qaytsin, Ular Egamizga qaytsin,Egamiz shafqat ko‘rsatadi, Ular Xudoyimizga qaytsin, Uning yuragi kechirimga boy.
-
-
-
|Isaías 55:8|Egamiz shunday demoqda: “Sizlarning fikringiz Meniki emas, Mening yo‘llarim sizlarniki emas.
-
-
-
|Isaías 55:9|Osmon yerdan qanchalik baland bo‘lsa, Mening yo‘llarim ham, o‘ylarim ham, Sizlarning yo‘llaringiz, o‘ylaringizdan Shunchalik balanddir.
-
-
-
|Isaías 55:10|Osmondan qor, yomg‘ir yog‘adi. Ular osmonga qaytmay, yerni sug‘oradi, Toki yer o‘simlik o‘stirsin, Ekkani don, yegani non bersin.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
