Isaías

  • Egamiz elatlarni jazolaydi

  • |Isaías 34:1| Ey elatlar, yaqinroq keling, quloq soling! Ey xalqlar, diqqat qiling! Eshiting, ey zamin, zamindagi bor jonzot! Olamu uning mahsuli, eshiting!

  • |Isaías 34:2| Ha, Egamiz butun elatlardan g‘azabda, Ularning lashkarlariga qahri keldi. Egamiz ularni tamomila qirib tashlaydi. Ularni bo‘g‘izlashga hukm etgan.

  • |Isaías 34:3| Murdalari ko‘milmay qolib ketadi, Jasadlaridan qo‘lansa hid anqiydi, Ularning qoni qirlarda daryo bo‘lib oqadi.

  • |Isaías 34:4| Samodagi hamma yulduzlar chirib ketadi, Osmon o‘rama qog‘ozday 1 eshilib ketadi. Tokdan qurib tushgan barglar singari, Daraxtidan to‘kilgan anjir singari Samoviy jismlar to‘kilib ketadi.


  • |Isaías 34:5| Egam aytar: “Ha, samolarda qilichim Mening paydo bo‘ldi 2. Mana, u Edomga 3, Men halokatga hukm qilgan xalqning boshiga tushadi.”


  • |Isaías 34:6| Egamizning qilichi qonga bulg‘angan. Qo‘zilar, echkilar yog‘iga, qoniga, Qo‘chqor buyragining yog‘iga to‘ygan. Ha, Bozrax shahrida 4 Egamizga qurbonlik bor, Edom yurtida katta qirg‘in boshlandi.

  • |Isaías 34:7| Yovvoyi buqalar, novvoslar, katta ho‘kizlar ham Ular bilan birga qulaydi. Ularning yeri qon bilan sug‘oriladi, Tuprog‘i yog‘ni shimib oladi.


  • |Isaías 34:8| Ha, bu kun Egamizning qasos kunidir. Quddus 5 uchun Egamiz qasos oladigan yildir bu.

  • |Isaías 34:9| Edom irmoqlari qatronga aylanadi, Tuprog‘i oltingugurtga aylanadi, Butun yurt esa alanga ichida qoladi.

  • |Isaías 34:10| Alanga kechayu kunduz o‘chmaydi, Tutun abadiy ko‘tarilaveradi. Bu yurt avlodlar osha Vayrona bo‘lib qolaveradi. Hech kim uni to abad bosib o‘tmaydi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.