-
Xudo Habashistonni jazolaydi
-
|Isaías 18:1|Holingga voy! Ey Habashiston 1 daryolari ortidagi Qanotlar guvullashiga to‘lgan yurt! 2
-
-
-
|Isaías 18:2|Nil daryosi orqali xabarchilarini jo‘natadigan, Dengiz orqali papirus kemalarini yuboradigan yurt! Sening holingga voy! Boringlar, ey chaqqon xabarchilar, Baland bo‘yli, tiniq terili xalqqa, Uzoqdan ham, yaqindan ham qo‘rqinchli bo‘lgan xalqqa, Kuchli, zabt etuvchi xalqqa, Yurtida daryolari bor xalqqa.
-
-
-
|Isaías 18:3|Ey olam ahli, yurt xalqi! Tog‘larda bayroq ko‘tarilganda, ko‘rasiz, Burg‘u chalinganda, eshitasiz.
-
-
-
|Isaías 18:4|Mana, Egam menga shunday demoqda:“Qoq tushda kuydiray, degan yorqin quyosh nuri kabi, Hosil mavsumida osmonni bosay, degan qora bulut kabi Endi jim bo‘lib, O‘z maskanimdan kuzatib turaman.”
-
-
-
|Isaías 18:5|Hosil yig‘ilmasdan oldin, g‘uncha ochilganda, Uzum pishib yetilay deganda Egam novdalarni tok qaychi ila kesadi, Kurtaklarni esa uzib tashlaydi.
-
-
-
|Isaías 18:6|Ularning hammasi qolib ketadi Tog‘lardagi yirtqich qushlarga, Dashtdagi yovvoyi hayvonlarga. Ular yem bo‘ladi yozda yirtqich qushlarga, Qishda yovvoyi hayvonlarga.
-
-
-
|Isaías 18:7|O‘sha paytda hadyalar keltirar Sarvari Olamga Baland bo‘yli, tiniq terili Habash xalqi, Uzoqdagilar ham, yaqindagilar ham qo‘rqadigan xalq, Kuchli, zabt etuvchi xalq, Yurtida daryolari bo‘lgan xalq. Ha, bu xalq hadyalar keltirar Sion tog‘igaSarvari Olamga atalgan joyga.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
