Isaías

  • Xudo hukmining odilligi

  • |Isaías 65:1| Egam aytar: “Meni so‘ramaganlarga ko‘rindim, Meni izlamaganlar topdi. Menga iltijo qilmagan bir xalqqa: ‘Mana Men! Shu yerdaman!’ deb aytdim.

  • |Isaías 65:2| Itoatsiz xalqni Kun bo‘yi quchoq ochib kutdim. Ana, ular o‘zlari xohlagan, To‘g‘ri bo‘lmagan yo‘llardan yuradi.

  • |Isaías 65:3| Ular yuzimga qarab turib, Jahlimni chiqaradi. Sajdagoh bog‘larda 1 hech to‘xtovsiz qurbonliklar keltiradi, G‘isht qurbongohlarda 2 tutatqilar tutatadi.

  • |Isaías 65:4| Ular qabrlar orasida o‘tirib, Yashirin joylarda arvohlarga maslahat soladi 3. Ular cho‘chqa go‘shtini yeydi, Qozonlarida harom go‘sht qaynatadi.

  • |Isaías 65:5| Ular boshqalarga shunday deydi: ‘Nariroq tur, menga tegma, Yana muqaddasligim yuqib qolmasin.’ Bularning hammasi kun bo‘yi yonib turgan olov kabidir. Ularning tutuni burnimni achitadi.


  • |Isaías 65:6| Mana, hammasi ko‘z o‘ngimda yozib qo‘yilgan. Men jim turmayman, ularni jazolayman. Qilmishlariga yarasha ularga to‘liq qaytaraman.

  • |Isaías 65:7| Ularni o‘zlarining gunohlari uchun, Hamda otalarining gunohlari uchun jazolayman, — demoqda Egamiz. — Axir, ular tog‘larda tutatqilar tutatdilar, Tepaliklarda Meni haqorat qildilar. Shu bois qilmishlariga yarasha Ularga jazosini beraman.”


  • |Isaías 65:8| Egamiz shunday aytmoqda: “Agar bir bosh uzumda hali sharbati bor bo‘lsa, Odamlar: ‘Uni tashlab yubormang, Hali foydasi tegadi’, deb aytadi. Men ham O‘z qullarim haqi shunday qilaman, O‘z xalqimning hammasini yo‘q qilmayman.

  • |Isaías 65:9| Tog‘larimni mulk qilib olsin, deb Isroil 4 va Yahudo xalqiga avlod beraman. Tanlagan xalqim tog‘larimga egalik qiladi, Mening qullarim u yerda yashaydi.

  • |Isaías 65:10| Sharon tekisligi qo‘ylar suruvlari uchun yaylov bo‘ladi, Oxor soyligi 5 mol–qo‘ylar uchun o‘tloq bo‘ladi. Ha, bu yerlar Menga intilganlarniki bo‘ladi.



COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.