Isaías

  • Xudo Isroil xalqini marhamatlaydi

  • |Isaías 44:1| Egam aytar: “Endi eshit, ey qulim Isroil! Ey Yoqub nasli! Men seni tanlaganman.

  • |Isaías 44:2| Men, Egang, seni yaratganman, ona qornida senga shakl berganman. Sening madadkoring, Men, shunday aytmoqdaman: ‘Qo‘rqma, ey aziz Isroil! 1 Ey Yoqub nasli, Men seni tanlaganman.

  • |Isaías 44:3| Chanqoq yerga Men suv beraman, Qaqragan tuproqda irmoqlar oqizaman. Naslingga Ruhimni beraman, Zurriyoting ustiga O‘z barakamni yog‘diraman.

  • |Isaías 44:4| Ular oqar suv bo‘yidagi tol daraxti kabi, Maysalar orasidan o‘sib chiqadi.

  • |Isaías 44:5| Biri: «Men Egamnikiman», deb aytadi, Boshqasi Isroil xalqiga 2 qo‘shilay, deb keladi. Yana biri qo‘liga: «Egamniki», deb yozadi–da, Isroil xalqining biriman, deb aytadi.’”
  • Butparastlar ahmoqdir

  • |Isaías 44:6| Isroilning Shohi, uning Qutqaruvchisi, Sarvari Olam — Egamiz shunday aytmoqda: “Birinchiyu oxirgi Men O‘zimman, Mendan boshqa hech bir xudo yo‘q!

  • |Isaías 44:7| Kim Menga o‘xshaydi? Qani, gapirsin–chi! Qadimiy xalqni yaratganimdan beri Nima bo‘lganlarini boshdan aytib bersin! Kelajakda nima bo‘lishini bildirsin.

  • |Isaías 44:8| Vahimaga tushmang, qo‘rqmang! Sizga qadimdan e’lon qilib, bildirmadimmi?! Sizlar Mening guvohlarimsiz! Mendan boshqa xudo bormi?! Yo‘q, boshqa qoya yo‘q. Men boshqa hech birini bilmayman!

  • |Isaías 44:9| But yasaydiganlarning hammasi hech narsadaydir. Xush ko‘rgan butlari hech foyda keltirmaydi. O‘sha butlarning guvohlari ko‘r, johildir. Shuning uchun ular sharmanda bo‘lib qoladi!

  • |Isaías 44:10| Axir, kim foydasiz xudolarning tasvirlarini yasaydi!


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.