Isaías

  • Yalang‘och Ishayo xalq uchun nishonadir

  • |Isaías 20:1| Ossuriya shohi Sargon o‘z lashkarboshisini Ashdod shahriga yubordi. Lashkarboshi kelib Ashdodni qo‘lga oldi 1.

  • |Isaías 20:2| O‘sha paytda Omiz o‘g‘li Ishayoga Egamiz shunday dedi: — Qani, egningdagi qanorni 2 yech, oyoqlaringdagi choriqlaringni yech. Ishayo aytilganlarni qildi. U yalang‘och, yalangoyoq yuradigan bo‘ldi.

  • |Isaías 20:3| Shunda Egamiz dedi: — Qulim Ishayo uch yil yalang‘och, yalangoyoq yurgani Misr va Habashiston 3 to‘g‘risida belgi va nishona bo‘ldi.

  • |Isaías 20:4| Ossuriya shohi Misr asirlarini, Habashiston tutqunlarini, yoshu qarisini yalang‘och, yalangoyoq, uyatli joylari ochiq holda haydab ketadi. Misr sharmanda bo‘ladi.

  • |Isaías 20:5| Habashistonga umid bog‘lagan, Misrdan faxrlangan xalq isnodga qoladi.

  • |Isaías 20:6| O‘sha kuni qirg‘oqdagi yurtning aholisi 4 shunday deb aytadi: “Biz ishonganlarning ahvolini ko‘rib qo‘ying. Ular bizga yordam berib Ossuriya shohining qo‘lidan qutqaradi, deb yurardik. Endi qanday qutularkanmiz?!”


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.