Isaías

  • Mo‘ab umidsiz qoladi

  • |Isaías 16:1| Qo‘zilar yuborgin yurtning hukmdoriga, Sahro yo‘li orqali, Sela shahridan 1 aziz Sion tog‘iga.

  • |Isaías 16:2| Xuddi darbadar qushlarday Bo‘lib qolar axir, Mo‘ab ahli. Uloqtiriladi qush uyasi Arnon soyligi 2 kechuviga.

  • |Isaías 16:3| Ular shunday deydi: “Maslahat ber bizga, qaror chiqar! Kunning o‘rtasida soyangni tun kabi tushir. Yashirgin quvilganlarni, Oshkor qilma qochoqlarni!

  • |Isaías 16:4| Qochoqlarimiz orangizda yashasin, Qirg‘in keltiruvchi zo‘ravonlardan Mo‘abga boshpana bo‘lgin.”
    Zolimlar yo‘q bo‘lganda, Zo‘ravonlik barham topadi. Talonchilar yurtdan g‘oyib bo‘ladi.


  • |Isaías 16:5| Taxt o‘rnatilar sadoqat ila. Taxtda o‘tirar haqiqatgo‘y bir hukmdor. Bu hukmdor Dovud xonadonidan kelib chiqar. U adolatparvar, odillik bilan hukm chiqarar.

  • |Isaías 16:6| Ha, eshitganmiz Mo‘abning mag‘rurligini, Uning kiborligi, chiroyi, boyligini! Naqadar mag‘rurdir u! Ammo bularning hammasi yolg‘on!

  • |Isaías 16:7| Endi Mo‘ab faryod cheksin, Hamma Mo‘ab uchun nola qilsin. Ha, o‘sha Xir–Xarasot 3 mayizlarini Qo‘msab, aza tutasiz.

  • |Isaías 16:8| Mana, holdan toydi Xashbon dalalari, Sivmo uzumzorlari ham. Xalqlarning hukmdorlari ezgan Sivmoning uzum boshlarini. Ular Yazirgacha yetib bordilar, Ular sahroda kezib yurdilar. Novdalari bir vaqtlar o‘sib ketib, Dengizdan ham oshib o‘tdi.

  • |Isaías 16:9| Shu bois Yazir yig‘laganda, men ham yig‘layman, Ey Sivmo uzumzorlari! Ko‘z yoshlarim ila sizlarni shalabbo qilaman, Ey Xashbon, Elaley shaharlari! Axir, yozgi hosilingiz barham topdi, Don hosili paytidagi o‘yin–kulgilar to‘xtadi.

  • |Isaías 16:10| Shodlik, xursandchilikka Barham berilgan bog‘larda, Uzumzorlarda qo‘shiq aytilmas, Shodlik qiyqiriqlari ko‘tarilmas. Uzum siqish chuqurlarida Ishlaydigan hech kim qolmas. Shodlik qiyqiriqlarini Xudo bostirdi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.