-
Xudoning xalqini yupatish
-
|Isaías 40:1|“Yupating, xalqimni yupating, — demoqda Xudoyingiz. —
-
-
-
|Isaías 40:2|Quddusning ruhini ko‘tarib, unga ayting: ‘Azob kosang to‘lib bo‘ldi, Ayblaring uchun jazo olib bo‘lding. Hamma gunohlaring evaziga Men, Egangdan ikki karra olding.’”
-
-
-
|Isaías 40:3|Bir ovoz shunday hayqirmoqda: “Sahroda 1 Egamizga yo‘l hozirlang,Cho‘lda Xudoyimizga to‘g‘ri yo‘l oching.
-
-
-
|Isaías 40:4|Har bir jarlik yuksaladi, Har bir tog‘u tepalik pasayadi. O‘nqir–cho‘nqir joylar tekis bo‘ladi, O‘ydim–chuqur yer tekislik bo‘ladi.
-
-
-
|Isaías 40:5|O‘shanda Egamizning ulug‘vorligi zohir bo‘ladi,Butun jonzot birgalikda buni ko‘radi. Ha, Egamiz O‘z og‘zi bilan shuni aytdi.”
-
-
-
|Isaías 40:6|Bir ovoz: “E’lon qil!” deb aytdi, Ikkinchisi: “Nimani e’lon qilaman?” deb so‘radi 2. Birinchi ovoz shunday dedi: “Inson zotining hammasi maysaday, Ularning barcha sodiqligi dala guli kabidir.
-
-
-
|Isaías 40:7|Ularning ustidan Egamizning nafasi esganda O‘tlar quriydi, gullar so‘lib qoladi. Mana, bu xalq maysaning o‘zi.
-
-
-
|Isaías 40:8|O‘tlar quriydi, gullar so‘lib qoladi, Xudoyimizning kalomi esa abadiy turadi.”
-
-
-
|Isaías 40:9|Ey xushxabar keltirgan Quddus, Baland toqqa chiq! Ey xushxabar keltirgan Sion 3,Baland ovozda e’lon qil! Qo‘rqmagin, jar solgin! Yahudo shaharlariga:“Mana sizning Xudoyingiz”, deb aytgin.
-
-
-
|Isaías 40:10|Mana, Egamiz Rabbiy qudrat ila keladi,Qudrati ila hukmronlik qiladi. Uning O‘zi taqdirlaydi, Mukofotini O‘zi bilan olib kelmoqda.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
