Isaías

  • Ishayo bo‘lajak shoh haqida bashorat qiladi

  • |Isaías 9:1| Biroq kulfatli joyda endi azob bo‘lmaydi. Boshida Zabulun va Naftali yurti 1 sharmanda bo‘lgan edi. Ammo kelajakda o‘sha dengiz bo‘yi, Iordanning narigi tomonidagi g‘ayriyahudiylar Jalilasi ulug‘lanadi.


  • |Isaías 9:2| Zulmatda yurgan xalq yorqin ziyoni ko‘rdi, O‘lim soya solgan yurt aholisi ustiga nur sochildi.

  • |Isaías 9:3| Bu xalqni Sen ko‘paytirgansan, Ularga ko‘p shodlik ato qilgansan. Hosil paytidagi mamnunlik kabi, O‘ljalarin bo‘lishib olgan paytdagi kabi, Ular huzuringda quvonchga to‘lgan.

  • |Isaías 9:4| Bu xalqning og‘ir bo‘yinturug‘ini, Yelkasidagi tayog‘ini Sen sindirib tashlagansan. Zolimlarning kaltagini Midiyon xalqi kabi 2 Mag‘lub qilgansan.

  • |Isaías 9:5| Jangda kiyilgan etiklar, Qonga belangan hamma kiyim Olovga tashlanib, yoqilajak.


  • |Isaías 9:6| Mana biz uchun bola tug‘ildi, O‘g‘il bizga berildi. Hukmronlik Uning zimmasidadir, Nomi Ajoyib maslahatchi 3, Qudratli Xudo, Abadiy ota, Tinchlik shahzodasidir.

  • |Isaías 9:7| Dovudning taxtida Uning hukmronligi ortib boraveradi. Tinchlik to abad hukm suradi. Hozirdan boshlab, to abad Adolat va solihlik ila Shohligini mustahkamlab, barqaror qiladi. Sarvari Olam jon kuydirib, Buni bajo aylaydi.
  • Xudoning Isroilga bo‘lgan g‘azabi

  • |Isaías 9:8| Yoqub nasliga qarshi Rabbiy bir so‘z yubordi, Uning so‘zi Isroil xalqiga yetib keldi.

  • |Isaías 9:9| Efrayimda 4, Samariyada yashaydiganlar, Jamiki xalq bundan xabardor bo‘ldi. Ular dimog‘dorlik, kiborlik ila aytmoqda:

  • |Isaías 9:10| “G‘ishtin imoratlar vayron bo‘lsa, Yo‘nilgan toshlar bilan quramiz. Shikamora–anjir daraxtlari kesilgan bo‘lsa, Ularning o‘rniga sadr daraxtlari 5 ekamiz.”


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.