Isaías

  • Shukrona qo‘shig‘i

  • |Isaías 25:1| Ey Egam, Sen mening Xudoyimsan. Sen ajoyib ishlar qilgansan, Men Seni sharaflayman. Qadim davrlardan rejalar tuzgansan, Ular sadoqatli va ishonchlidir.

  • |Isaías 25:2| Yakson qilding dushmanlarimiz qal’alarini, Vayronaga aylantirding mustahkam shaharlarini, Yo‘q qilding uzoq yurtdagi ajoyib saroylarini, Ular hech qachon qayta tiklanmas.

  • |Isaías 25:3| Endi kuchli xalqlar Seni izzat qiladi, Shafqatsiz xalqlar Senga sajda qiladi.

  • |Isaías 25:4| Kambag‘al, bechoralar kulfatda qolganda, Sen ularga boshpana bo‘lding. Peshindagi jaziramadan soya, Jaladan panoh bo‘lding. Vahshiy g‘animlarning hujumi bo‘ronday bo‘ldi. Sen esa bizning panohimiz bo‘lding.

  • |Isaías 25:5| Dushman shovqin–suroni Sahro issig‘i kabi bo‘lganda, Jazirama issiqni Sen Bulutlar soyasi ila bosding. Dushmanning sevinch qo‘shig‘i Sadolarini o‘chirding.
  • Xudo ziyofat tayyorlaydi

  • |Isaías 25:6| Bu tog‘da 1Sarvari Olam Jamiki xalqlar uchun Ajoyib ziyofat tayyorlar. Boy dasturxon, sara sharoblar, Yog‘li go‘shtlar, tiniq sharob tortiladi.

  • |Isaías 25:7| O‘sha kuni Egam jamiki xalqlar ustidan Kafanlarini yechib tashlaydi. Mana shu tog‘da Egam Xalqlarni o‘ragan, elatlar ustidagi Yopinchiqni olib tashlaydi. Ha, U o‘limni butunlay yutib yuboradi.

  • |Isaías 25:8| Egam Xudo hammaning ko‘z yoshlarini artib qo‘yadi, Butun yer yuzida O‘z xalqining uyatini olib tashlaydi. Ha, Egam shunday deb aytgan!


  • |Isaías 25:9| O‘sha kuni ular shunday deydilar: “Mana, bizning Xudoyimiz, Qutqarsin, deb uni kutgandik, U bizga najot berdi. Kelinglar, quvonaylik, sevinaylik! Umid qilib kutgandik, Mana, bizning Egamiz.”
  • Xudo Mo‘abni jazolaydi

  • |Isaías 25:10| Egamning O‘zi bu tog‘ni himoya qilar. Mo‘ab 2 xalqi yanchilgan somonday ezilar, Chiritish uchun go‘ng chuqurga uloqtirilar.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.