-
Quddusning kelajakdagi ulug‘vorligi
-
|Isaías 60:1|Ey Quddus xalqi, tur, porlagin! Axir, nuring keldi, Egamizning ulug‘vorligi ustingga yog‘ildi.
-
-
-
|Isaías 60:2|Mana, yer yuzini zulmat qopladi, Xalqlarni quyuq zulmat bosdi. Ammo Egamiz senga keladi,Sen uzra Uning ulug‘vorligi porlaydi.
-
-
-
|Isaías 60:3|Xalqlar sening nuringga keladi, Tonggi yorug‘ligingga shohlar keladi.
-
-
-
|Isaías 60:4|Boshingni ko‘tarib, atrofingga boq! Hammasi to‘planib, senga kelmoqda. O‘g‘illaringni uzoqlardan olib keladilar, Qizlaringni chaqaloqlarday qo‘llarda ko‘tarib keladilar.
-
-
-
|Isaías 60:5|O‘shanda shularni ko‘rib, nur sochasan, Yuraging hapriqib, qinidan chiqquday bo‘ladi. Zotan, dengiz orqali keladigan boyliklar senga nasib etadi, Xalqlarning boyligi senga keladi.
-
-
-
|Isaías 60:6|Yurting tuya suruvlariga to‘lib ketadi, Midiyon , Efaxning 1 bo‘taloqlari bilan to‘ladi.Ularning hammasi Shava yurtidan 2 keladi, Oltinu tutatqilar olib keladi. Ular Egamizga madhlar aytadi.
-
-
-
|Isaías 60:7|Kedarning hamma qo‘y suruvlari senga keladi, Navayotning 3 qo‘chqorlari senga xizmat qiladi. Egamizning qurbongohida Ular qurbonlik , deb qabul qilinadi.Egamiz O‘z uyini yanada ulug‘vor qiladi.
-
-
-
|Isaías 60:8|Bulutlar kabi uchayotgan nima u? Inlariga uchayotgan kaptarlarga o‘xshash nima u?
-
-
-
|Isaías 60:9|Shubhasiz, dengiz ortidagi yurtlar Egamizga muntazir bo‘ladi. Isroil xalqiningmuqaddas Xudosi —Egangiz Xudoning sharafiga Tarshish 4 kemalari boshchiligida Bolalaringni uzoqdan olib kelishadi, Oltinu kumushlari bilan birga olib kelishadi. Zotan, Egamiz seni ulug‘vorlik bilan qoplagan.
-
-
-
|Isaías 60:10|Egamiz Quddusga shunday deydi: “Begonalar devorlaringni tuzatadi, Shohlari senga xizmat qiladi. G‘azablanganimda senga jazo bergan bo‘lsam ham, Endi marhamat qilib, senga shafqat qilaman.
-
-
Portugués
Italiano
Español
Inglés
Francés
Arábica
Mandarín
Hindi
Alemán
O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob
