Isaías

  • Quddusdagi betartiblik

  • |Isaías 3:1| Sarvari Olam — Rabbiy endi Quddus va Yahudo xalqiga har turli ta’minot hamda madad bermay qo‘yadi. Ularni non va suvdan bebahra qilyapti.

  • |Isaías 3:2| Jangchilar va askarlardan, hakamlar va payg‘ambarlardan, folbinlar va oqsoqollardan mahrum qilyapti.

  • |Isaías 3:3| Ellikboshi va amaldorlardan, maslahatchilardan, mohir ustalar va “dono” afsungarlardan judo qilyapti.

  • |Isaías 3:4| Egam aytar: “Bolalar hukmron bo‘lar bu xalq ustidan, Aqlsizlar hukmronlik qilar ular tepasidan.”


  • |Isaías 3:5| Xalq bir–biriga zulm qiladi, Har kim do‘stiga dushman bo‘ladi. Haqorat qilar yosh yigit oqsoqolni, Sharmanda odam esa obro‘li odamni.


  • |Isaías 3:6| Odamlar o‘z yaqinini ushlab olib, O‘sha qarindoshiga shunday deydilar: “Ustingda kiyiming bor ekan, Bizga bosh bo‘la qol. Mana bu vayronalar uyumi Sening qo‘l ostingda bo‘ladi.”

  • |Isaías 3:7| U esa o‘sha kuni qasam ichib aytar: “Axir, men shifo bera olmayman, Meni qilmang xalqqa boshliq, Uyimda bor na non, na kiyim.”
  • Hukmning natijasi

  • |Isaías 3:8| Ha, Quddus ham, Yahudo ham quladi. Xalqining tillari, ishlari Xudoga qarshidir. Egamning shuhratini ular yerga bulg‘adi.

  • |Isaías 3:9| Yuzlari guvohlik berib turar, Ular Sado‘m 1 kabi gunohlarini oshkor qilar. Ha, gunohlarini ular yashirmas. Eh, o‘zlari boshlariga keltirar kulfat! Ularning holiga voy!


  • |Isaías 3:10| Solihlarga esa yaxshilik ko‘rasan, deb ayting, Ular o‘z ishlarining samarasidan lazzat topadi.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.