Isaías


  • |Isaías 4:1| O‘sha kuni yetti ayol bir erkakni tutib olib, shunday deydi: “O‘z nonimizni yeymiz, O‘z kiyimimizni kiyamiz. Sharmandaligimizdan bizni qutqaring, Bizni sizniki, deb bilishsa bo‘ldi.”


  • |Isaías 4:2| O‘sha kuni Isroildagi omon qolganlarga Yurtning hosili iftixor, ulug‘vorlik bo‘ladi. Ha, Egamning novdasi ko‘rkam, ulug‘vor bo‘ladi.

  • |Isaías 4:3| Quddusda omon qolganlar, O‘sha Sion shahrida qolganlar “Muqaddas”, deb ataladi. Ular Quddusda hayot kitobiga yozilgan.

  • |Isaías 4:4| Adolat ruhi, otash ruhi ila Rabbiy yuvib tashlaydi Quddus xalqining harom–xarishini, Poklaydi Sionning qon dog‘larini.

  • |Isaías 4:5| Jamoa uzra kunduzi bulutni, Tunlari tutunni, yorug‘ alangani 1 Egam barpo qiladi butun Sion tog‘ida 2. Ha, hashamat uzra Egam O‘zi soyabon bo‘ladi.

  • |Isaías 4:6| U soya, ko‘lanka bo‘ladi kunduzi issiqdan, Panoh, boshpana bo‘ladi bo‘ronu yomg‘irdan.


COOKIES

Usamos cookies para brindarle una mejor experiencia, mejorar el rendimiento, analizar cómo interactúa en nuestro sitio web y personalizar el contenido. Al utilizar este sitio web, acepta el uso de cookies.

Datos Esenciales

Se necesitan datos esenciales para ejecutar el sitio web que está visitando. No puede deshabilitarlos.